Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi

Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi

Illyustrativ foto

Chalmers texnologiya universiteti (Shvetsiya) va Delaver universiteti (AQSh) tadqiqotchilari elektromobil egalarining odatlarini o‘rganib chiqib, ularni uch toifaga ajratishdi.

Tadqiqotdan chiqarilgan eng asosiy xulosa shuki, akkumulyatori katta va qimmatbaho elektromobil sotib olish birlamchi emas, muhimi, mashina uyda yoki ko‘chada tez-tez quvvatlantirib turilsa bas.

Demak, elektromobil haydovchilari uch xil bo‘larkan:

Birinchi toifa: mashina akkumulyatorining quvvati tugab qolishidan cho‘chib, tinmay quvvat ko‘rsatkichini tekshirib boruvchilar. Bunday haydovchilar birinchi duch kelgan «zapravka»ga albatta kirib o‘tishadi.

Ikkinchi toifa: mashinasining quvvati yo‘lda tugab qolishining oldini olish uchun, yo‘lga chiqishdan oldin masofani chamalovchilar.

Uchinchi toifa: uyiga yoki ishxonasiga borishi bilan mashinasini darhol tokka ulab qo‘yishni odat qilganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring