Denovda miniven va kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyat sanoatini rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Surxondaryo viloyatida amalga oshiriladigan sanoat loyihalari:
– Sherobod tumanida Pokistonlik hamkorlar bilan 150 million dollarlik hamda Boysun tumanida Janubiy Koreya investorlari bilan 100 million dollarlik jami 2,5 million tonna quvvatiga ega sement ishlab chiqarish loyihasi;
– Denov tumanida 30 million dollarlik miniven va kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi;
– Angor tumanida 23 million dollarlik tayyor poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi;
– Jarqo‘rg‘on tumanida 45 million dollarlik kurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihasi
Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihalar viloyatning sanoat salohiyatini oshirishga o‘z hissini ko‘shishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter