Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Damas» olib beruvchi firibgar ushlandi

«Damas» olib beruvchi firibgar ushlandi

Qashqadaryolik 35 yoshli J.F. aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida firibgarlikka qo‘l urdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, u 38 yoshli O‘.P.ni aldab, unga Qarshi shahridagi «Lion Motors» MChJ orqali qisqa vaqtda «Damas» rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, ishonchiga kirib, 2019-yil 9-noyabr kuni O‘.P.dan jami 54.000.000 so‘m naqd pullarini olib, ushbu pullarni olganligi to‘g‘risida kvitansiya to‘ldirib berib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, J.F. o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, fuqaro O‘.P.ning yana yangi avtomashina olish niyati borligidan foydalanib, unga shu MChJ orqali «Damas-van» (yuk tashuvchisi) rusumli avtomashina olib berishini aytib, 2020 yil 24 fevral kuni O‘.P.ning jami 53.340.000 so‘m naqd pullarini oladi va pul mablag‘larini ham o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro J.F., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Dastlabki tergov jarayonida J.F., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring