Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cobalt», «Gentra» hamda «Spark» maxsus jihozlay boshlandi

«Cobalt», «Gentra» hamda «Spark» maxsus jihozlay boshlandi

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi imkoniyati cheklangan, oyoqlarida nuqsoni bo‘lgan haydovchilarga moslashtirish uchun qo‘l bilan boshqariladigan maxsus qurilma bilan qayta jihozlashni boshladi.

«Qo‘lda boshqarish qurilmasi xaridorning buyurtmasiga asosan Cobalt, Gentra hamda Spark rusumli avtomobillarga rasmiy dilerlik markazlarida o‘rnatiladi. Qurilma O‘zbekiston davlat standartlashtirish agentligining barcha talablariga javob beradi.

Tayanch-harakat a’zosi funksiyasi buzilgan haydovchilar uchun mo‘ljallangan maxsus moslama faqat to‘liq qurilmaning zaruriy elementlari bilan jihozlangan», deyiladi UzAuto Motors xabarida.

Uskunani o‘rnatish bo‘yicha savollar bilan vakolatli dilerlarga murojaat qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring