«Chevrolet Onix»ning dvigateli «Turbo» bo‘ladi
«Uzauto Motors» kompaniyasi OAV vakillari uchun press-tur tashkil etdi. Unda yangi modellar – Chevrolet Tracker va Onix namoyish etildi.
Qayd etilishicha, ushbu modellarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalarning hisob-kitobdagi hajmi 500 mln AQSh dollariga teng, bunga dvigatellar ishlab chiqarishni «UzAuto Motors Powertrain» AJ bazasida mahalliylashtirish ham kiradi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish doirasida yangi avlod benzinli dvigateli – CSS Prime (1.2L/1.2L Turbo, quvvati – 131 o.k.) o‘zlashtirilmoqda.
«Ushbu dvigatel General Motorsning eng yangi ishlanmasi sanaladi – u eng tejamkorroq, ekologik toza va qudratliroq dvigatelardan bo‘lib, butun dunyodagi GM modellarini ishlab chiqarishda keng joriy etilgan», deyiladi kompaniya ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Onixning narxi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter