«GM Uzbekistan» «Chevrolet Malibu» va «Lacetti» uchun chegirmalar muddatini uzaytirdi
«GM Uzbekistan» axborot xizmati ma’lum qilishicha, «Chevrolet Malibu» va «Lacetti» avtomobillari uchun chegirmalarni uzaytiradi. Xaridorlarga avtomobil xaridini rasmiylashtirish jarayonida qulayliklar yaratish maqsadida chegirmalar yetti kun — 15 dan 22-dekabrgacha amal qiladi.
Chegirmalar muddatining uzayishi «ko‘p sonli talab istaklarga ko‘ra» bo‘lgani ta’kidlangan.
Ushbu kunlar davomida «Chevrolet Malibu» avtomobili uchun 100 foiz to‘lov amalga oshirgan xaridor 9 061 866 million so‘mgacha, «Lacetti» uchun 3 858 136 so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi.
«Malibu» avtomobillarini xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 2018-yilning 31-dekabriga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter