Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butun respublika «qizil hudud»ga aylantirildi — IIV vakili

Butun respublika «qizil hudud»ga aylantirildi — IIV vakili

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ayni daqiqalarda AOKAda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axborot yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilayotgani xabar qilingandi.

Unda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov butun respublika «qizil hudud»ga aylantirilganini ma’lum qildi.

— Respublika miqyosida avtotransportlarning harakati cheklanadi. Hozirgi vaqtda aniq tartib ishlab chiqilmoqda va ertaga kun davomida batafsil xabar beramiz.

Hududlararo transportlar harakati taqiqlanadi. Jumladan, Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirish ham. Endi Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga ishlovchilarning kirib chiqishiga ham ruxsat berilmaydi. Respublikaning barcha hududlar «qizil hudud»ga aylantirildi, — dedi Shohrux G‘iyosov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring