Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ib, yo‘l muzlashi va tuman tushishi kutilmoqda

Bugun Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ib, yo‘l muzlashi va tuman tushishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmati Markazining bergan ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 14 dekabr kuni A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq davoni hududida kuchli qor yog‘ishi, yo‘lning muzlashi, tuman tushishi, ko‘rish masofasi 50 metrgacha yomonlashishi, shuningdek, shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;

dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;

haydovchilarimizning Qamchiq dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;

viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.

Qamchiq dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

«Qamchiq» Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38

O‘zingiz hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ymang!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring