Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tug‘ilgan kuning bilan, qadriyu qiymati mashinalardan-da baland avtoraqam!

Tug‘ilgan kuning bilan, qadriyu qiymati mashinalardan-da baland avtoraqam!

Foto: «Pinterest»

Avtomobillarni raqamlashtirish Amerikadan tarqalgan — 1901-yilning 25-aprelida Nyu-York shtatida mashinaga dunyodagi birinchi raqam taqilgandi. Albatta, boshida tartib-qoidaning o‘zi yo‘q edi, har kim bilgan raqamini yasab, taqib ketavergan.

Germaniya esa avtomobil davlat belgisini qalbkilashtirishni qiyinlashtiruvchi shrift (harflar)ni kiritgan. Bu shunday shrift ediki, O dan Q yoki aksincha yasab bo‘lmas, P bitta qiya chiziq bilan R ga aylanib qolmasdi.

Hozir avtoraqamlarning qadriyu qiymati mashinalardan-da baland.

2006-yil iyulida Yorkshir (Buyuk Britaniya)da «M1» avtoraqami 331,5 ming funt sterlingga sotilgan. Yana bir o‘ziga xos xarid Britaniyada amalga oshgan, livanlik Nabil Bishara xotinining mashinasi uchun «1 D» raqamini 513 ming dollarga sotib olgandi.

BAAda 2007-yilda Talal Huriy faqat birgina «5» dan iborat avtoraqam uchun 25,2 mln dirham to‘lagan, kamiga 2008-yilda «13» raqamini 1 mln dirham evaziga qo‘lga kiritgan. Ammo o‘sha yili birinchi o‘rin amirliklarning yana bir fuqarosi Said Abdulg‘affor Huriyga nasib etdi — kimoshdida 52,2 mln dirham to‘lab «1» raqamini mashinasiga taqdi.

BAA mutlaq rekordi esa o‘tgan 2021-yilning 1-mayida o‘rnatildi: «AA9» avtoraqamini nomi aytilmasligini iltimos qilgan xaridor 10,35 million dollarga sotib olgan.

Mashina raqamlarini qimmatga sotish tajribasi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud va budjetga pul tushirishning samarali vositalaridan sanaladi. 

Biznikilar ham chakana emas. Salkam 150 million so‘mga Qashqadaryoda, 441,5 mln so‘mga Toshkentda va salkam 600 mln so‘mga Samarqandda chiroyli avtoraqamlar sotilgan.

Umuman olganda, o‘zbekistonliklar 2021 yilda avtoraqamlarga 298,8 mlrd so‘m ishlatishgan. 139,4 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan.

Bitta raqam o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan ketgan. 2021 yilda eng arzon avtoraqam 450,5 ming so‘mga, eng qimmati 441,5 mln so‘mga baholangan yoki 980 baravar (!) qimmatga sotilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring