Bu hududda o‘lim bilan bog‘liq YHT ko‘p kuzatilmoqda. Sabab...
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Buxoro viloyatida qayd etilgan o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining aksariyati viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 300 kilometrdan ortiq bo‘lgan cho‘l hududidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisalari asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga hamda respublikamizning boshqa viloyatlariga qatnovchi haydovchilarning charchoqlik natijasida cho‘l hududida uxlab qolib, yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilishi, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan avtotransport vositalarining orqa tomoniga borib urilishi yoki qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan avtotransport vositalari bilan to‘qnashuvi oqibatida kelib chiqmoqda.
Shularni inobatga olgan holda haydovchilardan:
- o‘zlarida charchoq alomatlari sezilganda yo‘l yoqasida joylashgan dam olish joylari (kemping) hamda ovqatlanish shahobchalarida to‘xtab dam olishlarini (kofe ichish, hushyorlikni oshiruvchi boshqa mahsulotlarni iste’mol qilish);
- yo‘lga otlanayotganda ob-havo sharoitini inobatga olishni (ob-havo haroratining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi va hokazo);
- imkon qadar temir yo‘l transportidan foydalanishni;
- texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmaslikni;
- zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni;
- piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishni so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter