Bo‘stonliqda mashinada urib yuborilgan ayol joyida vafot etdi
![Bo‘stonliqda mashinada urib yuborilgan ayol joyida vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3695723893.jpg)
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 13-yanvar kuni soat 08.30 larda, Toshkent shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz A.U. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtoulovida piyodani urib yuborgan.
Manbalarimizning bergan xabariga ko‘ra, u Bektemir-Chorbog‘ yo‘lining 68-kilometrida ketayotib, Osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 35-40 larda bo‘lgan shaxsi noma’lum ayol piyodani urib yuborgan. Natijada shaxsi noma’lum ayol piyoda olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kojeksining 266-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter