Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birjada benzin narxi tushdi, ammo bu hali «zapravka»larda aks etgani yo‘q

Birjada benzin narxi tushdi, ammo bu hali «zapravka»larda aks etgani yo‘q

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Tovar-xom ashyo birjasida benzin narxi 17 noyabr kuni tushishni boshladi. Ushbu holat kechagi savdolarda ham davom etgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 18 noyabr kuni birja savdolariga jami 4438,9 tonna Ai-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa shundan 3339,7 tonnasi yoki 75 foizi sotilgan.

Ko‘rilgan amaliy tadbirlar natijasida 15 noyabrga nisbatan 17 noyabr kuni Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 million 129 ming so‘mdan 9 million 365 ming 500 so‘mgacha, 18 noyabr kuni esa 9 million 180 ming 500 so‘mga pasayib 9 foizga arzonlashgan.

Birjada benzin arzonlagan bo‘lsa-da, bu hali AYoQShlardagi narxlarga hali ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Ayni vaqtda poytaxtdagi «zapravka»larda eng arzon Ai-80 markali benzin narxi 7000 so‘m atrofida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring