Bir kunda 672 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etildi

Joriy yilning 3-yanvar kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida jami 672 ta qoidabuzarliklar aniqlandi.
Jumladan:
— mast holatda transport vositasini boshqarish — 11 ta;
— transport vositalarini hujjatsiz boshqarish — 9 ta;
— svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik — 22 ta;
— harakat davomida uyali telefondan foydalanish — 6 ta;
— odam tashishi qoidalarini buzish — 43 ta;
— tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish — 44 ta;
— bo‘ysunmaslik — 3;
— xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik — 197 ta.
Jami 57 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter