Benzin yana qimmatladi

Toshkent shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 markali avtomobil benzini narxi yana ko‘tarildi.
Xususiy AYoQShlarda Ai-80 benzini narxi 7900 so‘mgacha ko‘tarilgan bo‘lsa, «O‘zbeknefgaz» AJ tasarrufidagi AYoQShlarda bu turdagi benzin narxi 6095 so‘mdan 6300 so‘mga oshgan. Bu poytaxtdagi narxlar. Viloyatlarda benzin yanada qimmatroq bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda benzin va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.
Neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter