Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzin narxi yana oshdi

Benzin narxi yana oshdi

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxtdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 markali avtomobil benzini narxi yana oshdi.

Aslida xususiy AYoQShlarda Ai-80 benzini narxi avvalroq 7200-7300 so‘mgacha ko‘tarilgandi, «O‘zbeknefgaz» AJ tasarrufidagi AYoQShlarda bu turdagi benzin narxi 5900 so‘m edi. Oradan ko‘p o‘tmay ushbu shoxobchalardagi narx 6000 so‘mga ko‘tarilgan bo‘lsa, kuni kechadan 6100 so‘mga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda benzin va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.

Neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring