«Benzin narxi 10-15 kunda o‘zgaradi» — Antimonopol qo‘mita
Benzin narxlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganildi, ko‘rsatmalar berildi, choralar ko‘rilyapti. Bu bo‘yicha idoralararo ishchi guruh ishlayapti, — deydi AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev.
«Qayerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy o‘sishga erishilgan bo‘lsa, biz unga ta’sir ko‘rsata olmaymiz. Lekin sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyasiya harakatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Xususan, benzin narxi oshishida ham manipulyasiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sun’iy ravishda annulyasiya qilish alomatlari aniqlandi. Bunga albatta kerakli choralar ko‘riladi.
Benzin narxini barqarorlashtirish, tushirish bo‘yicha harakatlar davom etyapti, bu vaqt talab qiladigan masala. Lekin yaqin kunlarda narxlarda o‘zgarish bo‘ladi.
Ayni paytda bozorni to‘yintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga e’tibor qaratilyapti.
Chunki hozir nima bo‘lyapti? Yirik, ulgurji xaridorlar juda kichik rentabellikka ishlaydi, ularning savdo jarayonida balandroq taklif berish imkoni ko‘proq.
Shuning uchun ham lotlar kichik hajmda qilinmoqda, bundan maqsad — oddiy AYoQShlarning benzinni olishi va zaxirasini to‘ldirishiga imkoniyat yaratishdan iborat. Bu narxlar sun’iy ravishda ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi», deydi Farrux Karabayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter