Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram arafasida yo‘l haqini sun’iy oshirgan haydovchilar haqida ma’lum qilish so‘raldi

Bayram arafasida yo‘l haqini sun’iy oshirgan haydovchilar haqida ma’lum qilish so‘raldi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimligi shahar aholisi va mehmonlariga murojaat qildi.

Poytaxtimiz aholisi hamda mehmonlariga sifatli va namunali transport xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Transport boshqarmasi shaharlararo va xalqaro transport qatnovlarida faoliyatini ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan transport xizmatlariga belgilangan tariflarni asossiz ravishda oshirilishini oldini olishga qaratilgan monitoring ishlarini olib boradi.

«Hurmatli toshkentliklar va shahrimiz mehmonlari, agarda bayram arafasida shaharlararo va xalqaro transport qatnovlarida haydovchilar tomonidan yo‘l haqi sun’iy ravishda oshirilganligi holatlariga guvoh bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 1167 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring