«Avtotest» bo‘lmasa «Vatanparvar» bor». YHXBB bayonot bilan chiqdi
«Avtotest Report» bog‘liq masala yuzasidan biroz avval xabar berilgan edi. Unga ko‘ra «Avtotest» zimmasida yuridik tashkilotlar haydovchilarini o‘qitish huquqi qolyotgani esaltilgandi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur masala yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
Unga ko‘ra haydovchilar «Avtotest Report»ning o‘rniga «Vatanparvar» tashkiloti malaka oshirish kurslarida o‘qishlari mumkin.
«Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Avtotest Report» mas’uliyati cheklangan jamiyatiyuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarini, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi. Bu xabar e’lon qilingach harakat ishtirokchilarida «endi, malaka oshirish uchun qayerga murojaat qilishimiz kerak?» degan savollar tug‘ildi. Shunga javoban ma’lum qilamizki, hozirgi kunda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti malaka oshirish kurslarini ochish uchun litsenziya olish ishlarini nihoyasiga yetkazmoqda» deyiladi bayonotda.
«Vatanparvar» tashkilotining respublikaning barcha hududlarida tarmoqlari mavjud. Yaqin kunlarda yuridik maqomdagi tashkilotlar «Vatanparvar» tashkilotining hududiy tarmoqlariga murojaat qilishlari hamda belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarida o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter