Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhim: avtomototransportlarni sotish qoidalari o‘zgardi

Muhim: avtomototransportlarni sotish qoidalari o‘zgardi

Foto: Xabar.uz

Avtomototransport vositalarini sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori chiqdi. 

O‘zbekiston Respublikasida yangi avtomototransport vositalarini chakana sotish tartibini yanada takomillashtirish hamda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori (2023-yil 25-dekabr kuni №683) e’lon qilindi.

Ya’ni Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 119—1 band bilan to‘ldirildi:

«119—1. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha iste’molchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.

Agar bozorda ustun mavqega ega sotuvchida o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasini sotishda ichki bozordagi talabni qondirish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, bir shaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uchun ikkitadan ortiq shartnoma tuzilganda, sotuvchi keyingi 12 oy mobaynida ushbu mahsulot uchun qayta shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring