O‘zbekiston yangi rusumdagi avtomobillarini Rossiya bozoriga chiqaradi
O‘zbekistonning «GM Uzbekistan» zavodi «Chevrolet Tacker» va yangilangan «Chevrolet Cobalt» rusumlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Mazkur avtoulovlar Rossiya bozoriga «Ravon» markasi ostida yetkazib beriladi. Bu haqda «Nuz.uz»ga tayanib «Xalq so‘zi» xabar berdi.
2019-yildan boshlab ushbu yangi avtomashinalar sotuvini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Biroq ularning taqdimoti joriy yilda o‘tkaziladi.
Yangi «Ravon R4» tejamkor transport vositasi hisoblanib, tashqi ko‘rinishi «Cobalt»ning birinchi turkuminiki bilan deyarli bir xil. Biroq ancha zamonaviylashtirilgan. Oldingi optika va ort chiroqlarning takomillashtirilgani, radiator panjarasi va kuzov qismlari, salon intererlaridagi o‘zgarishlar shular jumlasidandir.
Mazkur rusumning Rossiya bozoriga chiqarilishi bilan «Ravon Gentra» savdosi to‘xtatiladi.
«Ravon Tracker» esa shahar sharoitiga moslashtirilgan krossover bo‘lib, o‘zining «Chevrolet Corvette», «Malibu» va «Volt»nikiga o‘xshash yorqin dizayni bilan ajralib turadi. Undagi takomillashtirilgan bamper, radiator panjarasi, yangilangan ort chiroqlar, galogen va svetodiod yoritgichlar e’tiborni o‘ziga tortadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter