Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobillar taqchilligi: yana bir yil kutamiz...

Avtomobillar taqchilligi: yana bir yil kutamiz...

Foto: «Global Look Press»

Chiplar yetishmasligi muammosi kamida 2023-yilgacha davom etadi, dedi «Ford» bosh direktori Jim Farli «FOX Business»ga bergan intervyusida.

Chiplar muammosi hal qilinmas ekan, jahon bozorida avtomobillarni ishlab chiqarish qisqarishda davom etadi. Bevosita «Ford» kompaniyasi, zararga ishlamaslik uchun, kamroq, biroq qimmat mashinalar chiqarishga urg‘u bermoqchi.

«LMC Automotive» konsalting kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, pandemiya oqibatida yuzaga kelgan va keyinchalik takrorlangan mikroelektronika ishlab chiqarishdagi cheklovlar sabab 2021-yilda 9,6 mln.ta mashina konveyerlardan chiqishga ulgurmadi. 2020-yilda avtosanoat bir-ikki oy taqa-taq to‘xtashi oqibatida salkam 15 millionta kam mashina chiqarilib (jami chiqarilgan mashinalar — 77,8 mln.), sotuvlar 14 foizga pasaygandi.

«LMC Automotive» xomcho‘tlariga ko‘ra, 2022-yilda mashinalar savdosi 6,2 foizgacha o‘sib, 86,2 mln.taga yetadi. Solishtirish uchun: pandemiyaga qadar jahon avtosanoati yiliga o‘rtacha 90 millionta avtomobil ishlab chiqargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring