Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil yoqilg‘isini teng yarimiga tejaydigan qurilma O‘zbekiston bozorlarida qachon paydo bo‘lishiga aniqlik kiritildi

Avtomobil yoqilg‘isini teng yarimiga tejaydigan qurilma O‘zbekiston bozorlarida qachon paydo bo‘lishiga aniqlik kiritildi

Foto: «O‘zA»

Saytimizda Malayziyaning «Amiran» texnologik kompaniyasi ishlab chiqargan gazgenerator qurilmasi avtomobilga o‘rnatilgandan so‘ng yoqilg‘i sarfi 50 foizgacha tejalishi, o‘z-o‘zidan bosib o‘tiladigan masofa ham 50 foizgacha uzayishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu xabar o‘quvchilarimizda qiziqish uyg‘otdi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda qator savollar yangradi.

«O‘zA» nashrining aniqlik kiritishicha, avtomobillarga quyilgan benzin yoqilg‘isining 60 foizigina ishlatilar ekan xolos, qariyb 40 foizi chiqit sifatida havoga sarf bo‘ladi. Mazkur yangi gazgenerator qurilmasi yordamida esa avtomobilga quyilgan benzin to‘liq ishlatiladi.

Gazgenerator qurilmasidan foydalanish uchun ko‘pchilik tashkilotlar taklif bilan chiqqan. Ayni paytda sinov tariqasida ishlatib ko‘rish haqidagi takliflar o‘rganilmoqda.

Qachon sotuvga chiqariladi, narxi qancha degan savollarga aniqlik kiritar ekan, nashr yaqin 10-15 kun ichida mazkur qurilma sinov tariqasida sotuvga chiqarilishini ma’lum qilgan. Narxi esa barcha harajatlar to‘liq hisob kitob qilingach, yaqin bir hafta ichida aniq bo‘ladi.

«Amiran» texnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gazgenerator qurilmasi barcha turdagi transport vositalari uchun mo‘ljallangani eslatib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring