«Audi»ni ayashmadi: jarima — 800 million yevro
«Audi» avtokonserni o‘zining dizel dvigatelli mashinalarida zararli moddalar chiqarilishini atayin kamaytirib ko‘rsatgani uchun 800 million yevro jarima to‘laydi. Eslatib o‘tamiz, «Audi» «Volkswagen Group» tarkibidagi kompaniya sanaladi.
Jarima to‘g‘risidagi qarorni Myunxen prokuraturasi chiqardi. Aytilishicha, 5 million yevro qoidabuzarlik uchun, 795 million yevro esa noqonuniy olingan foyda uchun undiriladi.
Kompaniya prokuratura qaroriga e’tiroz bildirmadi. Biroq ushbu jarima o‘zining bu yilgi moliyaviy ko‘rsatkichlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimolini ham yashirmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter