Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Damas» soatiga 213 kilometr tezlikda harakatlandi deb yozilgan jarimaga izoh berildi

Andijonda «Damas» soatiga 213 kilometr tezlikda harakatlandi deb yozilgan jarimaga izoh berildi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Andijon viloyatida soatiga 213 kilometr tezlikda harakatlangan deya jarima rasmiylashtirilgan «Damas» ishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 60 O 355 NA davlat raqam belgili «Damas»  egasiga yuqori tezlik 100 kilometr/soat chegaralangan joyda 213 kilometr/soat tezlik bilan harakatlanganligi ko‘rsatilgan ma’muriy bayonnoma yuborilgan.

«Avtomatlashtirilgan tizim, o‘z nomi bilan qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etishga dasturlashgan bo‘lib, texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Surishtiruv davomida «Damas» egasi fuqaro E.D.ga nisbatan belgilangan jarima solish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-modda 1-qismiga asosan bekor qilinganligini ma’lum qilamiz», – deyiladi YHXBB axborotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring