Andijonda avtomobil raqami 83 million so‘mga sotildi
2017-yilning 1-sentabr kunidan O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat ro‘yxat raqamlarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha kimoshdi savdosi o‘tkazish yo‘li bilan sotish tartibi joriy etilgan edi.
Andijon viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limi boshlig‘i A.Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, shu kungacha internet orqali o‘tkazilgan savdolarda yuzga yaqin raqamlar jismoniy va yuridik shaxslarga sotildi hamda bundan 1,5 milliard so‘mga yaqin kirim qilindi.
Qayd etilishicha, eng xaridorgir — «A 001 AA» harf va raqamlar kombinatsiyasi 83 million so‘mga sotilgan. «007 AAA», «777 BAA» kabilarning ham narxi baland bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter