7-apreldan poytaxt ko‘chalarida «ov» boshlanadi
Joriy yil 7-aprel kuni soat 06:00 dan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi va Toshkent shahar Davlat xizmatlari markazlari o‘zaro hamkorlikda avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat-reyd tadbirlarini o‘tkazishni boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati stikerlar bo‘yicha shubhali ma’lumotlar mavjud bo‘lsa quyidagilar orqali ma’lumot berishni so‘ragan:
- Telegramm kanali @antikorbot;
- Telefon raqamlar: (71) 203-60-02; (71) 254-22-13; (71) 215-71-51.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter