600 ming so‘m so‘ragani aytilgan YPX xodimi ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Namangan postida YPX xodimi va fuqaro o‘rtasidagi suhbat. Ushbu suhbatda YHXB xodimi fuqarodan 600 ming so‘m talab qilayotganligini eshitishingiz mumkin» izohi bilan video tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, fuqaro M. prokuratura organlariga murojaat etib, Pop tumani hududidagi «Qamchiq» dovonida joylashgan «Namangan» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi unga nisbatan qonun buzilish holati sodir etganligini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. YHXXga xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha taqdimnoma kiritilgan. Xizmat tekshiruvining yakuniy natijasi bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan huquqiy baho beriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter