47 yildan beri garajda yotgan mashina nodir model bo‘lib chiqdi
O‘z avlodining eng tezkor avtomobillaridan biri bo‘lgan va cheklangan miqdorda chiqarilgan Facel Vega HK 500 deyarli 50 yildan so‘ng garajdan topildi. U kimoshdi savdosida sotuvga qo‘yiladi.
Topilgan Facel Vega HK 500 ning ruli o‘ng tomonda. Daily Star nashrining yozishicha, Buyuk Britaniyaga atigi 96 ta shunday model yetkazib berilgan.
Chap rulli modellar 50-60 ming funt sterlingga sotilgan. Cheklangan miqdorda chiqarilgani esa undan ham qimmatroqqa sotiladi. 1964 yilda chiqarilgan Facel Vega Facel II kupesi deyarli 300 ming funt sterling turadi
Hali ham asl Brunswick Blue bo‘yog‘i va kulrang qoplamasi saqlanib qolgan avtomobil Flintshirdagi garajda 47 yildan beri saqlangan. U aprel oyi oxirida sotuvga chiqariladi.
H&H Classics kompaniyasi katta mutaxassisi Mayk Devisning aytishicha, ushbu topilma — haqiqiy javohirdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter