2022-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar e’lon qilindi (top-10)
Focus2Move 162 mamlakatdagi ma’lumotlar asosida 2022-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobil modellarini aniqladi.
Ta’kidlanishicha, avtobozor «elektrlashtirish» tomon shitob bilan intilayotganiga qaramay, jahon reytingida hamon an’anaviy avtomobillar yetakchilar qatorini to‘ldirib turibdi.
2022-yilda eng ko‘p sotilgan avtomashina Toyota Corolla bo‘ldi — 1,12 mln.ta. Bir yil ilgarigiga nisbatan kichik pasayishga qaramay (-2,8 foiz), ushbu yapon avtosi boshqalardan ancha o‘zib ketdi.
Ikkinchi o‘rinda ham yapon mashinasi — faqat bu gibrid Toyota RAV4 (868 398, -13,7 foiz).
Shimoliy Amerika bestselleri, amerikacha hayot tarzi ramzi Ford F-Series katta pikapi — uchinchi o‘rinda (786 337, -8,8 foiz).
Elektromobillarning eng xaridorgiri hozircha global avtoreytingda to‘rtinchi o‘rinda — Tesla Model Y (759 579, +88,7 foiz). Katta o‘sish natijasida Tesla o‘tgan yilga nisbatan 15 pog‘ona yuqoriladi, katta ehtimol bilan bo‘lg‘usi «chempion».
Beshinchi o‘rinda — Toyota Camry (667 968, -2,6 foiz).
Eng ko‘p sotilgan avtomobillar (top-10)
- Toyota Corolla
- Toyota RAV4
- Ford F-Series
- Tesla Model Y
- Toyota Camry
- Chevrolet Silverado
- Honda CR-V
- Toyota Hilux
- Hyundai Tucson
- Ram Pick-up
Yetakchi o‘nlikdagi 5 avto — yaponlarniki.
Top-100 dagi jiddiy o‘zgarish: Xitoyning BYD Song elektromobili 85-o‘rindan 14-o‘ringa, BYD Qin Plus esa 120-pog‘onadan 24-pog‘onaga sakradi. Keyingi reytinglar tepasida xitoyliklarni ko‘rsak ajablanmaymiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter