1-yanvardan yo‘lkira haqini to‘lashda yangilik bo‘ladi
«Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida» Hukumat qarori (948-son, 25.11.2019 -y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bosqichma-bosqich:
- Toshkent shahrida «Toshshahartransxizmat» AJ va «Toshkent metropoliteni» UKning ayrim yo‘nalishlarida ko‘rsatilgan yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun — 2020-yil 1-yanvardan boshlab;
- Nukus shahri va viloyat markazlarida yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun — 2020-yil 1-avgustdan boshlab;
- respublikaning barcha hududida yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun — 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
Alohida fuqarolar toifalari uchun imtiyozli transport kartalarini shaxsiylashtirish va karta tannarxi bo‘yicha sotish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning avtomatlashtirilgan tizimga ulanishi yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi tender (tanlov) bo‘yicha bitimlarda aks ettiriladi.
Qarorga ko‘ra, avtomatlashtirilgan tizim uchun tariflarni belgilash tartibi ishlab chiqiladi.
Unda, bitta to‘lov bilan bir nechta transport yoki transport turidan foydalanish imkoniyati, yo‘nalishdagi vaqt hamda masofadan kelib chiqqan holda belgilanadigan tarif rejalarini joriy etish kabi masalalar nazarda tutiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter