1-oktyabrdan elektromobillarga maxsus raqamlar beriladi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, elektrodvigatel quvvati 4 kilovatt bo‘lgan soatiga 40 kilometr va undan tez harakatlanadigan transport vositalariga maxsus raqamlar beriladi.
Ushbu raqamlarning asosiy farqi — viloyat kodi yashil fonda ko‘rsatiladi. Bu kabi raqamlarni 1 noyabrga qadar bepul olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter