Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi

1-noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi

Transport vazirligi 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatilishini ma’lum qildi.   

Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari doirasida yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizimning to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida shunday qarorga kelingani izohlanmoqda.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.

Shu bilan birga poytaxtimizda yo‘lovchilarga xizmat qilayotgan «Toshshahartransxizmat» AJga qarashli 1000 dan ortiq avtobuslarning barchasi elektron kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil va statsionar validatorlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Shu sabab navbatdagi bosqichda yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizimning to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 2020-yil 1-noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatilishi ma’lum qilindi. 

Eslatilishicha, yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yo‘l chiptalarini sotish shahobchalari, infokiosklar, barcha elektron to‘lov tizimlari, shuningdek, ATTO – mobil ilovasi orqali to‘ldirish imkoniyati mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring