1-avgustdan jarimalar miqdori oshadi
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yil 1-avgustdan ma’muriy jarimalar miqdori oshishi haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qilishicha, qonunchilikka muvofiq jarima huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Prezident Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-avgustdan eng kam ish haqining 10 foizga oshishi belgilandi. Shunga ko‘ra, turli ma’muriy jarimalarning miqdorlari ham 2019-yil 1-avgustdan 10 foizga oshadi.
Bunda, jarimalar huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtdagi eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha to‘lanadi. Masalan, 28-iyul kuni haydovchiga transport vositasida harakatlanishda telefondan foydalanganligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi. 1-avgustdan jarimalar miqdori o‘zgarishiga qaramasdan, mazkur haydovchi 60 kun ichida 28-iyulda amalda bo‘lib turgan jarimani (608 190 so‘mni) to‘lashi lozim bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter