Davlat soliq qo‘mitasi e’tirozlarga sabab bo‘lgan hujjat loyihasini o‘chirib tashladi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkaziladigan pullarni nazorat qilishga oid hujjat loyihasiga keng jamoatchilik, blogerlar, shuningdek Senat, Savdo-sanoat palatasi, deputatlar tomonidan e’tiroz bildirilgan edi.
Senatning xabar berishicha, kuni kecha Davlat soliq qo‘mitasining rais o‘rinbosari imzosi bilan Senatga yo‘llangan xati olingan (13.04.2020 yildagi 03/2-12794-son bilan). Unda ta’kidlanishicha, maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar ijro muddati ikki oyga uzaytirilgan. Shuningdek, takliflar hamda e’tirozlarni inobatga olinib, Nizom loyihasi veb sahifadan (regulation.gov.uz) chiqarilgan.
«Albatta, Oliy Majlis Senati Davlat soliq qo‘mitasining tanqid, taklif va e’tirozlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lganligini ijobiy baholaydi. Shuningdek, mazkur hujjat loyihasi va shu kabi tadbirkorlarning huquq hamda manfaatlariga daxldor barcha me’yoriy hujjatlar doimiy nazorat ostida bo‘lishini bildiradi», — deyiladi Senat axborotida.
P.S.: demak DSQ tomonidan «g‘alamis va xaypchi» deb ta’na qilingan blogerlar oxir-oqibat haq bo‘lib chiqibdi-da...
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter