Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×

Sardor Ali

Shaxsiyatparastlik — oshkora ojizlikdir.

«Ukraina hech qachon taslim bo‘lmaydi. Biz g‘alaba qozonamiz». Zelenskiy AQSh Kongressida nutq so‘zladi

«Ukraina hech qachon taslim bo‘lmaydi. Biz g‘alaba qozonamiz». Zelenskiy AQSh Kongressida nutq so‘zladi

Kecha, 21 dekabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShga tashrif buyurdi va Kongressda nutq so‘zladi.

«Biz allaqachon g‘alaba qozonganmiz – endi biz qo‘rqmaymiz. Rus zulmi bizni ustimizdan o‘z nazoratini yo‘qotdi. Ruslarning o‘zlari esa Kremlning rivoyatlarini o‘z ongida mag‘lub etganidagina o‘zlarini ozod qila oladilar», – deydi Zelenskiy.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, bu «nafaqat hudud uchun kurash». Bu urush kelajak avlod qanday dunyoda yashashini belgilab beradi.

«Bu nafaqat hudud uchun kurash - bu bizning bolalarimiz va nevaralarimiz qanday dunyoda yashashini aniqlaydi. Ukraina ushlab turibdi va hech qachon taslim bo‘lmaydi. Biz hech qachon amerikalik askarlardan bizning hududimizda biz uchun jang qilishlarini so‘ramaganmiz – Ukraina harbiylari Amerika tanklari va samolyotlarini o‘zlari nazorat qila oladi. Lekin sizning moliyaviy yordamingiz juda muhim», – dedi u.

Ukraina qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga yordami xayriya emas, balki global xavfsizlik va demokratiya uchun sarmoyadir.

«Rossiya istasa agressiyani to‘xtata olardi. Lekin u Kreml tomonidan zaharlangan va undan tinchlik sari qadamlarni kutish soddalik. Rossiya urush oqibatlarini his qilish uchun sanksiyalarni oshirishingiz mumkin. Keling, buni qilaylik», – dedi Ukraina rahbari.

Vladimir Zelenskiy Ukraina kurashni davom ettirishini va g‘alaba qozonishini qo‘shimcha qildi.

«Hamma ukrainaliklar faqat g‘alabani xohlaydi. Ukraina hech qachon taslim bo‘lmaydi; Siz bizning g‘alabamizni tezlashtira olasiz. Men buni bilaman», – deya o‘z nutqini yakunladi Zelenskiy.

Комментарии

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети