Zelenskiy Ukraina prezidenti impichmenti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy rada tomonidan tasdiqlangan davlat rahbari impichmenti protsedurasi to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi. Bu haqda «Life» Ukraina parlamenti saytiga asoslanib ma’lum qildi.
Ushbu qonun hujjati Radaga davlatga xoinlik qilgan yoki boshqa jinoyatlarni amalga oshirgan prezidentni lavozimidan ketkazish huquqini beradi. Impichment yozma ko‘rinishda tuziladi, aksariyat parlamentariylar unga imzo qo‘ygan bo‘lishlari kerak.
Shundan so‘ng prezident davlatga xoinlik qilgani yoki boshqa jinoyatlari bo‘yicha tergov olib borishga mas’ul muvaqqat tergov komissiyasi tuzilishi shart.
Yangi qonun rasmiy matbuotda e’lon qilinganining ertasiga kuchga kiradi.
Parlamentariylar ushbu qonunni 10-sentyabr kuni qabul qilishgandi. Bir hafta ilgari esa ular o‘zlarini deputatlik daxlsizligidan mahrum etishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter