Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Saxarov mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi

Zelenskiy Saxarov mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi

Yevroparlamentdagi eng yirik fraksiya Yevropa xalq partiyasi (EPP) Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va shu mamlakat xalqini Andrey Saxarov nomidagi fikr erkinligi mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

«EPP Ukraina xalqi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Yevroparlamentning Saxarov nomidagi «Fikr erkinligi uchun» mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Ular har kuni jang maydonida Yevropa qadriyatlarini himoya qilishda davom etmoqdalar», — deyiladi fraksiya bayonotida.

«Prezident Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukrainaning jasur xalqi bu yil fikr erkinligi uchun Saxarov mukofotini olishga loyiq ekaniga shubha qilmaymiz. Ular har kuni jang maydonida Yevropa qadriyatlarini himoya qilishda davom etmoqdalar. Umid qilamanki, bizning nomzodimiz yevroparlamentdagi barcha siyosiy guruhlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi», dedi Yevroparlament deputati Rasa Yuknyavichene.

Fikr erkinligi uchun Saxarov mukofoti 1988 yilda Yevropa parlamenti tomonidan ta’sis etilgan. Mukofot butun dunyo bo‘ylab fikr erkinligi, inson huquqlari uchun kurashga alohida hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi.

O‘tgan yili Saxarov mukofoti rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring