Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara qilishdan bosh tortdi

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara qilishdan bosh tortdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarga tayyor emasligini aytdi. Bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Siyosatchi endilikda «ultimatum qo‘yadiganlar» bilan muloqot qilishni xohlamaydi.

Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya «katta aholiga ega qo‘shni» ekanligini, shuning uchun Ukraina bu mamlakat bilan totuvlikda yashashi va aloqalar o‘rnatishi kerakligini ta’kidlagan.

«Faqat bugun uchun emas. Men ularda konstruktiv bo‘lish istagini ko‘rmayapman. Bu mening prinsipim, ultimatum qo‘yganlar bilan gaplashmayman», deydi Zelenskiy.

Zelenskiy Donbassdagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha Minsk kelishuvlarini shunchaki «bo‘sh qog‘oz» deb atadi.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva bilan kelishuv Rossiya harbiylari Ukraina hududini tark etganidan keyin amalga oshishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring