Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Eronning urib tushirilgan Boeing haqidagi bayonotiga izoh berdi

Zelenskiy Eronning urib tushirilgan Boeing haqidagi bayonotiga izoh berdi

Foto: «RIA Novosti»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Erondan o‘z aybini to‘liq tan olishini, rasmiy kechirim so‘rashini, aybdorlarning jazolanishi va urib tushirilgan Ukraina samolyoti uchun kompensatsiya to‘lanishini kutayotganini aytdi. 

Ukraina aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti o‘tgan chorshanba kuni ertalab Tehron aeroportidan Kiyevga parvoz qilgach, halokatga uchragandi. Hammasi bo‘lib 176 kishi: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘oniston fuqarolari (167 yo‘lovchi va to‘qqizta ekipaj a’zosi) halok bo‘ldi.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Ukraina samolyotini tasodifan urib tushirilganini tan oldi.

Eron prezidenti ham halokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi va chuqur afsusda ekanligini bayon etdi.

«Bugungi tong yaxshi boshlanmadi, lekin haqiqatni keltirdi. Xalqaro komissiya ishi tugashidan oldin Eron o‘z aybini tan oldi... Ammo biz ularning aybni to‘liq tan olishlarini istaymiz. Biz Erondan to‘liq va ochiq tergovga tayyor ekanliklarini, aybdorlarni javobgarlikka tortish, halok bo‘lganlar jasadlarini qaytishlarini, kompensatsiya to‘lovlanishini va diplomatik kanallar orqali rasman uzr so‘rashlarini kutamiz»,  deb yozdi Zelenskiy o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring