Zelenskiy Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
Kecha, 1 iyun kuni Moldova poytaxti Kishinyovda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvda davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashgan. Mamlakat liderlari Ozarbayjon va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojlanib borayotganidan mamnunlik bildirgan.
Prezident Ilhom Aliyevning aytishicha, Ozarbayjon Respublikasining Ukrainadagi yangi elchisini tayinlangan, u tez orada ish boshlaydi.
Prezident Vladimir Zelenskiy Ozarbayjonning Ukrainaga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami, ukrainalik bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va ularning Ozarbayjonga sayohatlarini tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Suhbat chog‘ida Ozarbayjon va Ukraina xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashi mamnuniyat bilan ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter