Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy bugun Britaniyaga tashrif buyuradi va bosh vazir Rishi Sunak bilan uchrashadi

Zelenskiy bugun Britaniyaga tashrif buyuradi va bosh vazir Rishi Sunak bilan uchrashadi

Bugun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniyaga bosh vaziri Rishi Sunak va Britaniyada harbiy tayyorgarlik ko‘rayotgan Ukraina harbiylari bilan uchrashish uchun Buyuk Britaniyaga keladi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

«Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rishi Sunak va ukrainalik harbiylar bilan uchrashish uchun bugun Buyuk Britaniyaga keladi», – deyiladi Bosh vazir devonida.

Tashrif chog‘ida Zelenskiy Britaniyada harbiy mashg‘ulot o‘tkazayotgan Ukraina harbiylarini borib ko‘radi.

Shuningdek, Ukraina prezidenti bosh vazir Rishi Sunak bilan harbiy uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha yangi dastur masalasini ham muhokama qiladi.

«Prezident Zelenskiyning Buyuk Britaniyaga tashrifi o‘z mamlakatining jasorati, qat’iyati va kurashidan dalolatdir, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikdan dalolatdir», — deydi Britaniya bosh vaziri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring