Zelenskiy Avdeyevka nega boy berilganini izohladi
Ukraina qo‘shinlari qurshovda qolish xavfi tufayli Avdeyevkani tark etdi, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida.
«Qurshovda qolmaslik uchun boshqa yo‘nalishlarga chekinishga qaror qilindi», dedi Zelenskiy. Uning ta’kidlashicha, bu qaror askarlar hayotini saqlab qolish zaruratidan kelib chiqqan holda mantiqiydir.
Prezident, shuningdek, Ukraina uchun muammolar «qurol tanqisligi» — artilleriya va uzoq masofali qurollar yetishmasligi tufayli yuzaga kelganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq uzoq vaqt davom etgan qattiq janglardan keyin Avdeyevka shaharchasini ruslar egallagani va bu hudud qanday strategik ahamiyatga ega ekani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter