Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuragi bo‘shlar ko‘rmasin! Ulkan varrak bolani uchirib ketdi (video)

Yuragi bo‘shlar ko‘rmasin! Ulkan varrak bolani uchirib ketdi (video)

Foto: «M.lenta.ru»

Tayvanning Sinchju shahrida ulkan varrak uchirib ketgan bola qutqarildi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi.

Varraklar festivali paytida uch yoshli qizcha tasodifan ulkan varrak arqoniga o‘ralib qoldi. Varrak bir zumda havoga ko‘tarilib, qizni ham o‘zi bilan birga uchirib ketdi. Havoda chayqala-chayqala qiz yerdan bir necha metr balandlikka ko‘tarildi.

Pastda to‘plangan odamlar shu zahoti o‘zlarini arqonga tashlashdi. Varrak bilan bola pastga qulay boshlaganida esa qizchani ushlab olishga ulgurishdi. Xayriyat, u shikastlanmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring