Yo‘tal siroplari bolalar o‘limiga sabab bo‘ldi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindistondagi Maiden Pharmaceuticals shirkati tomonidan ishlab chiqarilgan to‘rtta yo‘tal siropi Gambiyada 66 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog‘liqni saqlash agentligi, shuningdek, bu dorilar G‘arbiy Afrika mamlakatidan tashqarida tarqatilgan bo‘lishi mumkinligi va xavf faqatgina Gambiya bilan chegaralanmaganligi haqida alohida qayd qilib o‘tdi.
JSST ma’lum qilgan ushbu Promethazine, chaqaloqlardagi yo‘talga qarshi Kofexmalin va Makoff siropi hamda shamollashga qarshi Magrip N sirop kabi dorilar o‘tkir buyrak shikastlanishi va bolalar orasida o‘limga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda JSST kompaniya va Hindistondagi mas’ul idoralar bilan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazmoqda.
Bolalar uchun yo‘tal siroplarining boshqa xavf-xatarlari avvalroq ham aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter