«Yolg‘izlik odam miyasining eslash faoliyatini rivojlantiradi» – olimlar
Yolg‘izlik odamlarning miyasining eslash, boshqalarni o‘ylash va kelajakni rejalashtirish bilan bog‘liq sohalarida faollikni oshirishi ehtimoli kuchli, deyiladi «Nature Communication» jurnalida chop etilgan tadqiqotda.
Tadqiqotchilar miyadagi xotira va ijtimoiy idrok bilan shug‘ullanadigan standart tarmoq deb ataladigan yolg‘izlik bilan bog‘liq o‘zgarishlarga duch kelishi mumkin deb taxmin qilishdi.
Yolg‘izlik yoki yolg‘iz qolishga intilish jahon olimlari tomonidan kasallik sifatida qaralayotgan edi. Hatto Buyuk Britaniya 2018-yilda yolg‘izlik bo‘yicha vazir tayinlangandi.
Yolg‘izlik paytida ijodkorlik va o‘zini o‘zi o‘ylash miyaning ayrim qismlarida faollikning oshishini ta’minlasa ham, bu miyaning boshqa ijtimoiy qismlari harakatsizligiga olib kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter