Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yigirma yillik tanaffusdan so‘ng hukumat yana muxolifatchilar qo‘liga o‘tdi

Yigirma yillik tanaffusdan so‘ng hukumat yana muxolifatchilar qo‘liga o‘tdi

Foto: «Korrespondent»

Kecha, 14-aprel kuni Finlyandiyada parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. Uning yakuniy natijalari haqida «Korrespondent» yozmoqda.

Yigirma yil deganda — 1999-yildan beri ilk marotaba muxolifatchi sotsial-demokratlar bu saylovlarda g‘olib chiqishdi va endi hukumatni ular shakllantirishadi. Ammo g‘alaba oson bo‘lmadi. Chunki eng yaqin ta’qibchi — yana bir muxolifatchi partiya Haqiqiy finlar bor-yo‘g‘i 0,2 foiz kam ovoz to‘plashdi.

Sotsial-demokratlar saylovchilarning 17,7 foiz, Haqiqiy finlar — 17,5 foiz ovozini to‘plashdi. Keyingi o‘rinlar: Milliy koalitsiya partiyasi — 16,9 foiz, shu paytgacha yetakchi bo‘lib kelgan Finlyandiya markazi — 13,9 foiz ovoz bilan parlamentdagi 18 ta o‘rnini yo‘qotdi

Yana bir muxolifatchi partiya — Yashillar ittifoqi saylovchilarning 11,4 foiz ovozini oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring