Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yigirma yil oylik olib, shturvalga o‘tirmagan «uchuvchi» fosh qilindi

Yigirma yil oylik olib, shturvalga o‘tirmagan «uchuvchi» fosh qilindi

Foto: «Mirror»

Yigirma yillik uchuvchi Uilyam Chendler biron martayam samolyotni boshqarmagan ekan. Mashhur bir kinofilm syujetini eslatuvchi bu voqea haqida «Mirror» nashri yozmoqda.

Qalbaki sertifikatlar va uchuvchilik litsenziyasidan foydalangan Uilyam Chendler 20 yil davomida «South African Airwaus» kompaniyasida turli vazifalarda ishlagan.

U avvaliga Janubiy Afrika havo yo‘llariga bortmexanik bo‘lib ishga kirib oladi, 1994-yili esa uchuvchilikka o‘tadi. Maoshi ham zo‘r — yiliga qariyb 300 ming yevro!

1994-yildan beri uchayotganlar kapitanlikka o‘tkazilayotgan 2005-yilda unvoni oshirilishini istamay, katta zobit bo‘lib qolish niyatini bildirgan Chendler hamkasblarini hayron qoldirgandi, biroq hamma o‘zi bilan bo‘lib, bunga uncha e’tibor berishmaydi. Chendler nega bunday qilgani tushunarli: kapitan bo‘lsa u qayta malaka oshirishiga to‘g‘ri kelardi-da.

«Eplasang, tutib ol» (2002-yil) filmidan kadr.

«Ko‘za kunda emas, kunida sinadi» — vaqtlar o‘tib Chendler shturvalga o‘tirishiga to‘g‘ri keldi. Buni qarangki, naq 20 yil Chendler vazifasi samolyot priborlariyu birinchi uchuvchining harakatlarini kuzatishdan iborat ikkinchi uchuvchi bo‘lib kelgan ekan. Rollar almashganida esa Chendlerning g‘alati xatti-harakatlari uning hamkasblarini o‘ylantirib qo‘ydi va uni obdon tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lishdi.

Tuzoqqa tushishni istamagan Chendler esa «South African Airwaus»dagi ishidan bo‘shab, pensiyaga jo‘navordi.

Aviakompaniya rahbariyati, turgan gapki, «pensioner»ni tinch qo‘ymoqchi emas, unga «uchmagani» uchun 20 yil davomida noqonuniy to‘lab kelingan pullarni qaytarib olishmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring