Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yigirma sakkiz yil avval xotini «o‘ldirgan» erkak tirik bo‘lib chiqdi

Yigirma sakkiz yil avval xotini «o‘ldirgan» erkak tirik bo‘lib chiqdi

Braziliyalik erkak 28 yil davomida hujjatlarga ko‘ra marhumlar ro‘yxatiga kiritilgan, deb yozadi Oddity Central nashri. U nafaqaga chiqmoqchi bo‘lgunga qadar buni bilmagan.

Braziliya rasmiylariga ko‘ra, 70 yoshli Manoel Marsiano da Silva o‘lgan deb taxmin qilingan va 28 yil avval shahar qabristoniga guyoki dafn etilgan. Erkakning o‘zi ham bu haqda bilmagan va muammo haqida pensiya ololmagan, saylovlarda ovoz bera olmagan va bepul tibbiy xizmatdan foydalana olmagan vaqtidan keyin bilgan.

Shundan so‘ng, Manoel o‘z tergovini boshladi va uning sobiq rafiqasi guvohlar bilan birga 1995-yilda mahalliy hokimiyatga uning o‘limini e’lon qilganini bildi. Erkak uchun sobiq xotinining nega bunday qilgani noma’lumligicha qoldi. Shundan so‘ng, da Silva «tirilmoqchi» bo‘ldi, ammo bu u o‘ylagandan ham qiyinroq bo‘lib chiqdi.

Vaziyatni o‘nglash uchun braziliyalik advokat yolladi. Barmoq izlari uning tirikligini isbotlashga yordam berdi, ammo Manoel o‘lmaganini tasdiqlash uchun bir nechta guvohlarni topishga ham majbur bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring