Yer yuzi yana bir ayollar kushandasi — «manyak-santexnik»dan tozalandi
Qariyb 10 yil davomida ayollarni «ovlagan» «Kashira manyagi» yoki «manyak-santexnik» sifatida tanilgan 53 yoshli Andrey Yejov Noginsk (Moskva viloyati) tergov izolyatorida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni «Moskovskiy Komsomolets» xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Yejovning murdasi izolyator kamerasidan topilgan. Manyakning hisobiga ayollarga to‘qqizta hujum qilish qayd etib qo‘yilgan. Barcha qurbonlar zo‘rlangan, ulardan yetti nafari hayotdan ko‘z yumishgan. Faqat ikki nafar jabrdiyda qotilning qo‘lidan zo‘rg‘a qochib qutulishgan.
26-iyun kungi xabarga ko‘ra, Kashira manyagi zo‘rlash bilan bog‘liq ikkita qotillikni tan oldi. So‘roq paytida ayblanuvchi 2019-yilning sentyabr va oktyabr oylarida 1940 va 1950-yillarda tug‘ilgan ikkita ayolni o‘ldirganligini so‘zlab berdi. Jinoyatlar uning odatdagi rejasiga muvofiq amalga oshirilgan: Yejov birinchi qavatning derazasidan pinhona kirib, o‘ljasini bo‘g‘ib o‘ldirgan, keyin esa...
Ushbu ayblariga iqror bo‘lishidan oldin unga yettita qotillik va zo‘rlash ayblovlari qo‘yilib, shu tariqa uning hisobiga to‘qqizta qotillik yozilgandi. Ikki nafar ayol uning hamlasidan arang qutulib qolishgan.
Yejov 2010 — 2020-yillar davomida Kashira va Stupino shahar tumanlarida yirtqich hayvondek izg‘ib yurgan. Tergov talabiga binoan ayblanuvchi hibsga olingan. U «santexnik» bo‘lib ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter