Yelloustonda oq buyvol dunyoga keldi — hindular buni «yaxshilikka» deyishmoqda
![Yelloustonda oq buyvol dunyoga keldi — hindular buni «yaxshilikka» deyishmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/7/0/720_460_95_706900667.jpg)
AQShning Yellouston milliy bog‘ida oq buyvol dunyoga keldi. Hindular buni «yaxshilik alomati», deyishmoqda.
«Bu buzoq (buyvol)ning tug‘ilishi — ham baraka, ham ogohlantirishdir. Biz zamin va hayvonlarni muhofaza qilish uchun ko‘proq ishlar qilishimiz kerak», — dedi lakota qabilasi sardori Arvol Luking Hors CBS Newsga intervyusida.
![](https://xabar.uz/static/uploads/72/720__7Zl1ll1xcv7vi3KVgl3-Ii2OmMjvefLX.jpg)
Lakota afsonalariga ko‘ra, 2 ming yillar avval hayvonlar ochlik va o‘latdan qirilib ketayotgan paytda hindular huzuriga ayol kishi oq buyvol qiyofasida tashrif buyurgan. Aytishlaricha, u keyingi safar og‘ir damlar boshlanganida oq buzoq (buyvol) qiyofasida qaytishga va’da bergan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter